So'nggi yangiliklar
Volkswagen qariyb 50 ming ish oʻrnini qisqartiradi
Volkswagen Group kuzatuv kengashi bir necha hafta davom etgan muzokaralardan soʻng konsern boshqaruvi tayyorlagan «Kelajak rejasi - 2030» (Zukunftsplan 2030) restrukturizatsiya dasturini bir ovozdan maʼqulladi.Kompaniya maʼlumotiga koʻra, mazkur dastur Germaniya avtomobil giganti tarixidagi eng keng koʻlamli qayta tashkil etish jarayoni boʻladi.
Rejaga muvofiq, Volkswagen kelgusida yiliga qariyb 9 mln avtomobil sotish va yillik operatsion foydani 31 mlrd yevrogacha oshirishni maqsad qilgan.
Shu bilan birga, konsern rivojlanishdan voz kechmoqchi emas. 2027–2031-yillar davomida investitsiyalar, tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish uchun jami 135 mlrd yevro yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.
Modellar soni ikki barobar qisqaradi
Restrukturizatsiyaning eng muhim yoʻnalishlaridan biri Volkswagen brendi ostida ishlab chiqariladigan avtomobillar turini keskin kamaytirish boʻladi.2035-yilga borib Volkswagen modellari qatori taxminan 50 foizga qisqartiriladi. Avtomobillarning turli komplektatsiyalari soni esa 75 foizga kamaytirilishi rejalashtirilgan.
Konsern rahbariyatining hisob-kitobiga koʻra, modellar soni kamaytirilsa, har bir qolgan modelni kattaroq hajmda ishlab chiqarish imkoni paydo boʻladi. Bu birxillashtirilgan detallardan koʻproq foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Qaysi avtomobillar ishlab chiqarishdan olib tashlanishi hozircha maʼlum qilinmagan. Qoladigan modellar esa Gʻarb va Sharq bozorlarining talablariga moslashtirilgan dizayn va texnologiyalar bilan xaridorlarni jalb qilishi rejalashtirilgan.
Qariyb 50 ming ish oʻrni qisqaradi
Volkswagen Group rahbariyati Yevropadagi ishlab chiqarish quvvatlari hozirgi ehtiyojdan ortiq ekanini qayd etgan.Shu munosabat bilan konsernda «kadrlar salohiyatini moslashtirish» jarayoni oʻtkaziladi. Uning doirasida boshqaruv lavozimlarini ham qoʻshib hisoblaganda, qariyb 50 ming ish oʻrni qisqartirilishi rejalashtirilgan.
Biroq kompaniya hujjatida qisqartirishlar faqat Germaniyadagi korxonalarga tegishlimi yoki Volkswagenʼning boshqa mamlakatlardagi boʻlinmalarini ham qamrab oladimi - aniqlashtirilmagan.
Toʻrtta zavodning kelajagi noaniq
Restrukturizatsiya fonida Volkswagenʼning Germaniyadagi ayrim korxonalari kelajagi ham noaniq boʻlib qolmoqda.Gap Emden, Svikkau va Gannoverdagi Volkswagen zavodlari hamda Nekkarzulmdagi Audi korxonasi haqida bormoqda.
Kompaniya bahosiga koʻra, 2030-yillardan boshlab mazkur korxonalarni raqobatbardosh darajada buyurtmalar bilan taʼminlash kafolatlanmasligi mumkin. Shu sababli konsern ushbu zavodlardan foydalanishning muqobil variantlarini koʻrib chiqmoqchi.
Hozircha ularni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan.
Avvalroq OAV Volkswagenʼning Osnabryukdagi zavodida avtomobil oʻrniga qurol-yarogʻ ishlab chiqarish imkoniyati yuzasidan muzokaralar olib borilgani haqida xabar bergan edi.
Xitoy va AQSH bozorlariga alohida eʼtibor
Volkswagen yangi strategiya doirasida Xitoydagi biznesini ham mahalliy avtomobil bozoridagi oʻzgarishlarga moslashtirishni rejalashtirmoqda. Soʻnggi yillarda Xitoy bozorida elektromobillar savdosi ustunlik qila boshlagan.Shimoliy Amerikada esa konsern eng daromadli segmentlarga eʼtibor qaratishni rejalashtirgan. Bu bozorda 2025-yilda elektromobillarga talab bir yil avvalgiga nisbatan pasaygan.
Kompaniya Germaniyada ishlab chiqarilgan avtomobillarni «global Janub» mamlakatlariga eksport qilishni ham kengaytirmoqchi.
Bundan tashqari, Volkswagen biznes portfelini optimallashtirish, ayrim aktivlarni sotish yoki qayta tashkil etish, shuningdek, koʻchmas mulk portfelini qayta koʻrib chiqishni rejalashtirgan. Bundan koʻzlangan maqsad konsern tuzilmasini ixchamlashtirish va kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirishdir.
Volkswagen soʻnggi bir necha oydan beri foyda pasayishi fonida keng koʻlamli restrukturizatsiya rejasini muhokama qilib kelayotgan edi. Shu bilan birga, konsern 2025-yil yakunlariga koʻra Yevropada elektromobillar sotuvi boʻyicha eng yirik kompaniyaga aylangan, 2026-yil boshida esa Xitoy bozoridagi yetakchi pozitsiyalarini qayta tiklagan.
XORAZM AVTOTRANSPORT SAVDO BOZORI faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
| « Ноябрь 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | ||||||
| 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 |
| 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 |
| 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 |
| 30 | ||||||
Yil dasturi
Ma'lumotlar arxivi
Сентябрь 2026 (7)
Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Сентябрь 2025 (1)
Октябрь 2024 (1)
Май 2021 (2)
