So'nggi yangiliklar

Volkswagen va Audi dunyo boʻylab 2,1 millionta avtomobilning butlovchi qismini almashtirish uchun chaqirib olmoqda

Audi Q3, VW Golf, Golf Variant, Tiguan, Touran va Caddy modellaridagi rul mexanizmida nuqson aniqlangan.
Volkswagen va Audi kompaniyalari rul mexanizmidagi birikma bilan bogʻliq ehtimoliy muammo sababli dunyo boʻylab 2,1 milliondan ortiq avtomobilni chaqirib olmoqda. Bu haqda Umumgermaniya avtomobil klubi (ADAC) xabar qildi.
Gap 2017-yil 31-oktabrdan 2024-yil 23-maygacha (Audi) va 2013-yil 24-sentabrdan 2024-yil 1-iyulgacha ishlab chiqarilgan (Volkswagen) Audi Q3, Volkswagen Golf, Golf Variant, Tiguan, Touran va Caddy modellari haqida bormoqda.
Ishlab chiqaruvchining izohlashicha, ayrim holatlarda korroziya sababli rul mexanizmidagi birikma bolti yemirilishi mumkin.
Chaqirib olish kampaniyasiga tushgan avtomobillar egalari avtoservisga murojaat qilishi kerak. U yerda bolt korroziyaga chidamliroq boltga almashtiriladi.
Sentabr oyida Volkswagen AQShda 208,7 mingdan ortiq 2018-yilda ishlab chiqarilgan Tiguan, 2018–2019-yillarda ishlab chiqarilgan Atlas va 2019–2021-yillarda ishlab chiqarilgan Audi Q3 modellarini qaytarib olishini maʼlum qilgan edi. Kompaniya bunga rul boltining muddatidan oldin korroziyaga uchrashi va sinishi xavfini sabab qilib koʻrsatgan.

XORAZM AVTOTRANSPORT SAVDO BOZORI faoliyatini baholang




Ma'lumotlar jadvali


«    Ноябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30 

Yil dasturi




Ma'lumotlar arxivi


Сентябрь 2026 (7)
Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Сентябрь 2025 (1)
Октябрь 2024 (1)
Май 2021 (2)