So'nggi yangiliklar
BYD e-Mobility Festa 2026: texnologiyalar va yangi mobillik makonining uchinchi mavsumi
2026-yil 1–4-oktabr kunlari Tashkent City Park’da BYD e-Mobility Festa 2026 festivalining uchinchi mavsumi boʻlib oʻtadi. Toʻrt kun davomida avtomobil premeralari, BYD texnologiyalari namoyishlari, interaktiv zonalar hamda oʻzbek estradasining taniqli sanʼatkorlari ishtirokidagi kechki shoular bir maydonda jamlanadi.Festival zamonaviy mobillik bilan bosqichma-bosqich tanishish imkonini beruvchi yoʻnalish asosida tashkil etilgan. Mehmonlar avtomobillarni statik ekspozitsiyada ham, harakatda ham koʻrishlari, elektr va plug-in gibrid tizimlarning ishlash tamoyillari bilan tanishishlari, mutaxassislarga oʻz savollarini berishlari hamda avtomobil xarid qilish boʻyicha maslahat olishlari mumkin.
Oʻzbekistondagi avtomobil premeralari
Model ekspozitsiyasining markazidan Oʻzbekiston bozoriga chiqarishga tayyorlanayotgan ikkita yangi model - BYD SEALION 6 EV va BYD Ti 7 oʻrin oladi. Ular savdo boshlanishidan avval dastlabki tanishtiruv formatida namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar avtomobillarning dizayni, salon kengligi, raqamli funksiyalarini baholashlari, shuningdek, ushbu modellarning kelgusida bozorda mavjud boʻlishi haqida dastlabki maʼlumotlarni olishlari mumkin.
Ekspozitsiya BYD’ning allaqachon tanilgan va kutilayotgan modellari bilan ham boyitiladi. Ular orasida SONG PLUS DM-i UzPride, CHAZOR UzPride, YUAN UP EV, YUAN UP DM-i, SEAL 6, SEALION 7 va ATTO 8 bor. Modellarning bir maydonda namoyish etilishi shahar elektromobillari, oilaviy krossoverlar va plug-in gibridlarni oʻzaro taqqoslash imkonini beradi.
ANGWANG U9 va jahon rekordi koʻrsatkichlariFestivalning asosiy texnologik voqealaridan biri YANGWANG U9 modelining Oʻzbekistondagi ilk namoyishi boʻladi. Qariyb 1 300 ot kүchiga ega elektr superkar 100 km/soat tezlikka 2,36 soniyada erishadi. Toʻrtta mustaqil boshqariladigan elektromotorga ega e4 platformasi hamda DiSus-X osma tizimi avtomobilni harakat vaqtida aniq boshqarishni taʼminlaydi. Quvvati 3 000 ot kүchidan ortiq boʻlgan rekordchi U9 Xtreme versiyasi 2025-yil sentabr oyida 496,22 km/soat tezlikka erishdi va BYD maʼlumotiga koʻra, seriyali avtomobillar orasida tezlik boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi. Avtomobil Nürburgring Nordschleife trassasini 6 daqiqa 59,157 soniyada bosib oʻtib, yetti daqiqadan kam natija qayd etdi.
DENZA Zone va off-road texnologiyalariAlohida DENZA Zone hududi DENZA B5 va B8 yoʻltanlamaslariga bagʻishlanadi. Bu yerda premium darajadagi qulaylik murakkab relyef sharoitlariga moʻljallangan texnologiyalar bilan uygʻun holda namoyish etiladi. B5 modeli misolida tashrif buyuruvchilar DMO (Dual Mode Off-road) platformasi, үchta differensial blokirovkasi hamda DiSus-P aqlli gidravlik kuzov boshqaruvi tizimi bilan tanishadilar. Ushbu tizim millisoniyalar ichida gʻildiraklar balandligi va osma tizimining qattiqligini sozlaydi.
Dinamik namoyishlar uchun metall rampaga ega modulli off-road trassa barpo etiladi. Tik koʻtarilish va tushish, yonlama qiyalik hamda diagonal osilish uchastkasi avtomobil tortish kuchini qanday taqsimlashi, gʻildiraklarning sirt bilan tutashuvini qanday saqlashi va kuzov holatini qanday nazorat qilishini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi. Namoyish yurishlari professional instruktorlar boshqaruvida xavfsiz formatda oʻtkaziladi.
Festival yoʻnalishi
BYD e-Mobility Festa 2026 maydoni mavzuli zonalarga boʻlingan. Har bir zona brend bilan tanishishning alohida bosqichini qamrab oladi - ilk tanishuv va model tanlashdan tortib test-drayv hamda oʻyin shaklidagi sinovlargacha.
Asosiy sahna va shou-dasturMain Stage sahna premyeralari va kechki dasturning markaziga aylanadi. Bu yerda avtomobillarning multimedia taqdimotlari, texnologik shoular, tanlovlar hamda oʻzbek estradasining taniqli yulduzlari chiqishlari boʻlib oʻtadi. Sanʼatkorlarning nomlari va kunlar boʻyicha dastur keyinroq eʼlon qilinadi.
Festivalda avtomobil xarid qilish
Festivalda dilerlik tarmogʻi va moliyaviy hamkorlar vakillari faoliyat yuritadi. Mehmonlar modellar va komplektatsiyalarni taqqoslashlari, avtomobillarning mavjudligini aniqlashtirishlari, mavjud xarid va moliyalashtirish variantlarini muhokama qilishlari hamda ariza qoldirishlari mumkin. Shuningdek, mehmonlar uchun hamkor banklar - Orient Finans Bank (OFB), Biznesni rivojlantirish banki (BRB) va Ipoteka Bank OTP Group tomonidan maxsus moliyaviy takliflar taqdim etiladi (taklif BYD’ning barcha rasmiy dilerlarida amal qiladi).
Eʼlon qilingan ishtirokchilar orasida ASTANA MOTORS, ABOZOR, VORIS MOTORS, BENI MOTORS, MEGAWATT va ROYAL MOTORS bor.
Bunday format avtomobil bilan yaqindan tanishishdan olingan taassurotlarni keyingi amaliy qadam bilan uygʻunlashtiradi. Koʻrgazma, maslahat va test-drayvdan soʻng tashrif buyuruvchi qoʻshimcha maʼlumot izlamasdan, tanlagan dilerida avtomobilni rasmiylashtirish jarayonini davom ettirishi mumkin.
Oʻzbekistonda yangi mobillikning rivojlanishi
BYD e-Mobility Festa festivalining uchinchi mavsumi Oʻzbekiston auditoriyasini yangi energiya manbalaridan foydalanadigan avtomobillar bilan izchil tanishtirishni davom ettiradi. BYD Oʻzbekiston bozorida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yil iyun oyida esa Jizzax viloyatidagi BYD Uzbekistan Factory qoʻshma korxonasida avtomobillarni seriyali ishlab chiqarish boshlandi. Festival ushbu texnologik muhitni shahar markaziga olib chiqib, mehmonlarga u bilan bevosita, shaxsiy tajriba orqali tanishish imkonini beradi.
BYD’ning Oʻzbekistondagi aloqa maʼlumotlari:
BYD’ning Oʻzbekistondagi aloqa maʼlumotlari:
📞 Rasmiy ishonch telefoni: 1811
XORAZM AVTOTRANSPORT SAVDO BOZORI faoliyatini baholang
Ma'lumotlar jadvali
| « Ноябрь 2026 » | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
| 1 | ||||||
| 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 |
| 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 |
| 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 |
| 30 | ||||||
Yil dasturi
Ma'lumotlar arxivi
Сентябрь 2026 (7)
Август 2026 (1)
Июль 2026 (1)
Сентябрь 2025 (1)
Октябрь 2024 (1)
Май 2021 (2)
